Abu Hurayra
Abu Hurayra roziyallohu anhu (arabcha: أبو هريرة — «Mushukchaning otasi») (602, Makka — 679, Madina) — mashhur sahoba, roviy, faqih olimlardan. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)ning Islomdan oldingi ismi Abdushshams ibn Saxr boʻlgan. islom dinini qabul qilganidan so'ng, ismi Muhammad sollohu alayhi vassallam payg'ambarimiz tomonilaridan Abdurrahmon deb o'zgartirilgan. Keyinchalik o'zining kichik mushukchasi bilan yurganligi tufayli yana [[Muhammad]sollohu alayhi vassallam] payg'ambarimiz tomonlaridan "Abu Hurayra" deb kunyalangan. Abdurrahmon ibn Saxr Islom olamida aynan ushbu laqab bilan tanilgan. Abu Hurayra(roziyallohu anhu) Yamanning Davs qabilasidan boʻlgan. Davs qabilasining yo'lboshchisi Tufayl ibn Amr da'vati orqali Islomni qabul qilgan.
Abu Hurayra roziyallohu anhu hijratning yettinchi, "Xaybar" sanasida Islom dinini qabul qilgan paytida o'ttiz yoshda edi. U kishi Xaybardan qaytayotgan [Muhammad ibn Abdulloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga Madinaga boradi. Abu Hurayra roziyallohu anhu As-hobus Suffa - Muhammad sallohu alayhi vassalam payg'ambarimiz masjididagi suffada yashab, u kishidan hadis eshitish bilan mashg'ul boʻlgan sahobalarning biri edi. Shu sababli, Islomga kech kirganiga qaramay, sahobalar orasida eng koʻp hadis rivoyat qilgan kishi hisoblanadi. U kishi 5374 ta hadis rivoyat qilgan va bu hadislar Taqiy ibn Muhammadning musnadida keltirilgan. Bulardan 335 tasi ham Imom Buxoriy, ham Imom Muslim hadis kitoblarida mavjud, 93 tasi faqat Buxoriyda, 189 tasi faqat Muslimda, qolgan 4757 tasi boshqa hadis kitoblarida keltirilgan.
Abu Hurayra roziyallohu anhu koʻp vaqtini Muhammad sallallohu alayhi va sallamning subhatida o'tkazganlar. Ovqatlanishga ketsa, biror hadisni eshita olmay qolishdan qo'rqib, koʻp paytlarda ochlikdan bukchayib qolgan. Abu Hurayra roziyallohu anhu sahobalarni ichida eng zehni o'tkiri, ya'ni, kuchli xotira egasi boʻlgan. Hadis rivoyat qilganida biror harfni yoki so'zni ortiqcha yoki noqis, oldin yoki keyin aytmagan. Abu Hurayra(roziyallohu anhu) fiqhni puxta egallagan boʻlib, ifto — fatvo beruvchi mavqeiga koʻtarilgan. Har juma kuni namozdan oldin hadis darslarini bergan. Anas ibn Molik, Tovus ibn Qaysan, ibn Sirin va boshqalar Abu Hurayra(roziyallohu anhu)ning shogirdlari bo'lishgan. Umar tomonidan Bahrayn voliyligiga tayinlangan. Usmon zamonida Makka qozisi va Muoviya davrida Madina voliysi boʻlgan. Abu Hurayra(roziyallohu anhu) 59-hijriy yilda 78 yoshida al-Aqiq vodiysida vafot etgan. Uning janozasida o'z davrining ma'lum va mashhur sahobalari qatnashgan. Abu Hurayra roziyallohu anhu Madinadagi Baqe' qabristoniga dafn etilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- http://islom.ziyouz.com/siyrat/sahobalar/abu-hurayra}}[sayt ishlamaydi]
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiiqtibosda Abu Hurayraga tegishli iqtiboslar mavjud. |
- „Абу Ҳурайра (розияллоҳу анҳу)“. Muslim.uz. Qaraldi: 2020-yil 11-oktyabr.